Главная ◊ Методическая копилка ◊ Внеклассные мероприятия ◊ “Biz O‘zbekistonning kelajagimiz!”
Скачать “Biz O‘zbekistonning kelajagimiz!” noan’anaviy darsi
(PDF, 514 КБ)
Tayyorladi: | Xo‘jayeva Muharram Idrisovna, boshlangich sinf o‘qituvchisi |
Sinf: | 1V |
Fan: | Alifbe |
Mavzu: | “Biz O‘zbekistonning kelajagimiz!” |
Dars turi: | Ochiq dars |
Dars maqsadi: | Noan’anaviy |
TADBIRNING BORISHI
O‘zbekiston Davlat madhiyasi ijrosi.
8B-sinf o‘quvchisi Elyor Yarmuhamedov ”Assalomu-aleykum” qo‘shigini kuyladi.
O‘qituvchi: |
Assalomu-aleykum, hurmatli ota-onalar, mehridaryo uztozlar, aziz bolajonlar. Bugun sizlar uchun eng quvonchli kun. Quvonchlaringizning cheki yo‘q. Chunki siz kitoblarning kenjasi bo‘lgan Alifbe kitobini o‘qib tugatdingiz. Sizlar ilk bora maktab ostonasiga qadam qo‘yganingizga hali o‘qishni va yozishni bilmas edingiz.
Qisqa vaqt ichida sizlar o‘qish-yozishni, rasmlar chizishni o‘rganib oldingiz. Savodxon bo‘ldingiz. Bu kun nafaqat sizlar uchun, balki sizlarning ota-onalaringiz uchun ham qutlug‘ va unutilmas kundir. Biz ularni ham bugungi bayram bilan tabriklab, xush kelibsiz deymiz.
|
1-boshlovchi: |
|
2-boshlovchi: |
|
1-o‘quvchi: |
|
Hamma: |
|
2-o‘quvchi: |
|
Hamma: |
|
1-boshlovchi: |
Baxtimizga bugungi osuda kunlarimizni bergan Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! |
2-boshlovchi: |
Biz O‘zbekistonning kelajagimiz. O‘z vatanimizni ardoqlaymiz. Savodxonlik bayramiga |
Hamma: |
Xush kelibsiz! |
O‘qituvchi: |
Vatan deganda nimani tushunasiz? |
1-o‘quvchi: |
Vatan bu kindik qonimiz to‘kilgan tuproq. |
2-o‘quvchi: |
Vatan bu beshigimiz, ko‘chamiz, uyimiz, turar joyimiz! |
3-o‘quvchi: |
Vatan bu muqaddas ona tilimiz! |
4-o‘quvchi: |
Vatan bu ona tabiat in’om etgan barcha boyliklar va nozu ne’matlar! |
O‘qituvchi: |
Aziz bolajonlar, bugungi bayramimizga uzoq o‘rmonlardan mehmon tashrif buyurgan. Kelinglar, birgalashib chaqiramiz: “Qorbobo! Qorbobo! Qorbobo!” |
O‘qituvchi: |
Qorbobojon, davramizga xush kelibsiz! Endiki tabriklash uchun so‘z navbati sizga, marhamat. |
Qorbobo: |
Salom, aziz bolajonlar! Men sizlarni savodxonlik bayramingiz bilan tabriklash uchun keldim. Siz aqlli, dono o‘quvchilarga o‘xshaysiz. Bolajonlar, chiroyli raqslar, qo‘shiq, she’rlar bilan meni xursand qilinglar. |
Qo‘shiq “Shirin qizchaman“
Yashnar: |
Maktabga qo‘yganda ilk qadam, Kim baxsh etgan nuru ziyoni? Sizga hamroh va yaqin hamdam, Kim sizga keng ochgan dunyoni? |
Bolalar: |
Qadrdon “Alifbe” kitobi. |
O‘quvchi: |
|
Bolalar: |
|
Alifbe: |
Assalomu aleykum ko‘zlari porloq, o‘zlari quvnoq, ilmga chanqoq, bolajonlar! Men sizlarning sevimli kitobingiz Alifbe bo‘laman. Sizlarni bayramingiz bilan chin yurakdan qutlayman. Sizlar juda quvnoq hamda mehribon ekansizlar. Meni avaylab-asrab qunt bilan o‘qib o‘rgandingizlar. Buning uchun men sizlardan juda minnatdorman. Endi ruxsatlaringiz bilan harflarimni siz va mehmonlarga tanishtirib o‘tsam.
|
A | ![]() |
Aql, adolat azal, Asli hammadan avzal. |
B | ![]() |
Botir bo‘lsang bir shafqat, Bemehr bo‘lma faqat. |
D | ![]() |
Dono so‘zdan yayrar dil, Donolarni do‘sting bil. |
E | ![]() |
Eshit esingda tutgin, Erinishni unutgin. |
F | ![]() |
Fahm farosat albat, Eng foydali fazilat. |
G | ![]() |
Go‘zaldir gulu giyoh, Gullarni toptash gunoh. |
H | ![]() |
Hadis, hikoya,hikmat, Uyg‘otar mehr himmat. |
I | ![]() |
Ista ilm izlashga, Intil maqsad ko‘zlashga. |
J | ![]() |
Jahlingni jilovlab ol, Janjal naf bermas biror. |
K | ![]() |
Kekkaygan zavol topar, Kamtarga kamol chopar. |
L | ![]() |
Labbay deb tursa labing, Latif deb chiqar gaping. |
M | ![]() |
Mashqda cheksang mashaqqat, Mahsul bo‘ladi maqsad. |
N | ![]() |
Nest-nobud bo‘lmasin non, Nonni hor qilgan nodon. |
O | ![]() |
Oftob osmonning mulki, Odob odamning ko‘rki. |
P | ![]() |
Pishiq puxta kishiga, Parvoz yordir ishiga. |
Q | ![]() |
Qo‘lga tut qalam qog‘oz, Qadrla qilgin e’zoz. |
R | ![]() |
Rostlikdan ravshan yurak, Rostlik – to‘g‘rilik demak. |
S | ![]() |
“Siz” yaxshi “sen”dan ko‘ra, So‘rasang sizlab so‘ra. |
T | ![]() |
To‘timan deb o‘ylama, Takror-takror so‘ylama. |
U | ![]() |
Uztozdan ulug‘ zod yo‘q, Ul zot otangdan ulug‘. |
V | ![]() |
Va’daga vafo kerak, Vijdonli bo‘lsin yurak. |
X | ![]() |
Xavf-xatar bo‘lar doim, Xalqdan chiqsa bir xoin. |
Y | ![]() |
Yo‘lbars qaytmas yo‘lidan, Yigit kishi so‘zidan. |
Z | ![]() |
Ziyraklik zarur ziynat, Yetmaydi ziyon zahmat. |
O‘ | ![]() |
O‘quvchim o‘qib tolma, O‘zing orqada qolma. |
G‘ | ![]() |
G‘ij-g‘ij g‘avg‘o g‘irrom ish, Udir g‘irt g‘alva, tashvish. |
Sh | ![]() |
Shoshma-shoshar shoshqaldoq, Shoshma otib shataloq. |
Ch | ![]() |
Chaqma-chaqar bo‘lma biroq, Chaqqin pista, chaqqin yong‘oq. |
ng | ![]() |
Bag‘ring butun keng bo‘lsin va Barchaga teng bo’lsin. |
’ | Menchi tutuq belgiman, Kerak joyda meni yoz . Shunda bo‘lur juda soz, Unutsang gar nafis “she’r”, O‘rmon shohi “Sherman”der. |
Alifbe: | Barakalla, bolajonlar! Juda ko‘p narsalarni o‘rganib olibsizlar. |
Boshlovchi: | Endi biz sizga o‘zimiz o‘rgangan kuy, qo‘shiq va raqs guldastasini havola etmoqchimiz. |
Raqs “Choyxona” 1-sinf o‘quvchilari.
“Ona yurt farzandiman” she’ri:
Ona yurt farzandiman, dilbandiman,
Men o‘zbekning o‘z ko‘ziman, dil so‘ziman.
Ulug‘ xalqning kelajagi, gul-chechagi,
Istiqlolning mevasiman, egasiman.
Onalarning oromiman, darmoniman,
Otalarning armoniman, davomiman.
“Vatan” she’ri:
Yashna Vatan, jon Vatan,
Senga sharaf-shon Vatan.
Sensan bizning onamiz,
Hadya senga jon Vatan.
Alifbe: | Rahmat, aziz bolajonlar! Endi men sizlar bilan xayrlashaman:
|
Bolalar: |
Xayr, Alifbejon xayr! |
Korbobo: |
Barakalla, bolajonlar! Haqiqatdan ham sizlar aqlli, dono bolalarsiz. Endi sizlarning olgan bilimingizni bir sinab ko‘raylikchi? Topishmoqlar aytiladi.
Barakalla,bolajonlar! Siz barcha topishmoqlarimga to‘g‘ri va aniq javob |
1-sinf qizlari “Xorazmcha” raqs ijro etishadi.
O‘quvchilar yangi yil, archa, qorbobo haqida she’rlar aytdilar:
1-o‘quvchi: |
|
2-o‘quvchi: |
|
“Non isi” rivoyati.
Qatnashuvchilar:
- Podshoh
- Vazirlar – uch o‘quvchilar
- Alisher Navoiy
O‘qituvchi: |
Bir kuni Husayn Boyqaro xomush o‘tirar edi. Vazirlarini huzuriga chaqirib, dunyodagi eng xushbo‘y narsani olib kelishni buyurdi. Vazirlari maslahatlashib qalampirmunchoq, quchoq – quchoq gul keltirishibdi. |
Podshoh: |
Yo‘q, men xohlagan xushbo‘y hid bu emas. Sizlarga uch kun muhlat. Agar dunyodagi eng xushbo‘y narsani topib kelmasangiz, jazolayman. |
O‘qituvchi: | Vazirlar nima qilishini bilmay, o‘ylayverib boshlari qotibdi. Oxiri topolmasdan Alisher Navoiyga murojaat qilishibdi. |
Vazir: |
Hazrat Alisher Navoiy, bizga yordam bering. Podshohimizga eng xushbo‘y hidni topib olib borishimiz zaruz. |
Hazrat Alisher Navoiy bir savat yangi yopilgan non bilan saroyga yetib boribdi. Bir zumda saroyni non isi tutibdi.
Podshoh: | Rahmat do‘stim, yangi yopilgan non hidini istayotgan edim, topib kelibsiz. Ha, do‘stlar, nonni isrof qilmang. |
1-o‘quvchi: | Non – eng aziz ne’mat. |
2-o‘quvchi: | Nonning ushog‘i ham non. |
3-o‘quvchi: | Non risq – ro‘zimiz. |
1-sinf o‘quvchilari “Andijoncha” raqs ijro etishadi.
O‘quvchilar muallim, maktab haqida she’rlar aytishadi:
1-o‘quvchi: |
|
2-o‘quvchi: |
|
3-o‘quvchi: |
|
Sahna ko‘rinishi “Sholg‘om” ertagi.
Muallif: | Qadim zamonda chol, kampir, nevarasi, kuchugi, mushugi, sichqonchasi yashar ekan. Chol juda mehnatkash ekan. Har yili dehqonchilik bilan shug‘ullanib,sabzi, piyoz, sholg‘om ekarkan. Bu yil chol sholg‘om ekibdi, uni parvarishlabdi. Natijada sholg‘om katta sholg‘omga aylanibdi. Chol uni kovlab olmoqchi bo‘libdi, lekin kovlab ololmabdi. Yordamga kampirini chaqiribdi. |
Chol: | Kampir, kampir! Yordamga kel! |
Muallif: | Chol, kampir sholg‘omni tortishibdi, tortisha olmabdi, yordamga nevarasini chaqiribdi. |
Kampir: |
Nevara, nevara! Yordamga kel! |
Muallif: | Chol, kampir, nevara sholg‘omni tortishibdi, tortisha olmabdi. Yordamga Olapar kuchukchasini chaqiribdi.Chol, kampir, nevara, kuchugi birgalikda sholg‘omni tortisha olmabdi. Kuchugi yordamga Mosh mushugini chaqiribdi, lekin tortisha olmabdi. Mosh yordamga sichqonchasini chaqiribdi.Chol, kampir, nevara, kuchugi, mushugi, sichqonchasi birgalikda sholg‘omni tortib olishibdi. |
Muallif: | Mana do‘stlar, kuch birlikda ekan. Agar biz birgalikda harakat qilsak, ko‘zlagan maqsadimizga erishamiz. |
Korbobo: | Bolajonlar, sizlar nafaqat raqs, qo‘shiq, she’rlarni, balki ertaklarni rollarga bo‘lib, aktyorlik mahoratingizni ko‘rsatdingiz. Men sizlardan minnatdorman. Endi menga ruxsat bersangiz, men boshqa bolalarni ham bayramlari bilan tabriklashim lozim.Xayr, bolajonlar, kelasi yilda uchrashguncha. |
Bolalar: | Xayr, bobojon, xayr! |
1-sinf o‘quvchilari “Andijon polkasi” raqsini ijro etishadi.
Aziz bolajonlar, sizlar buyuk yurtda tug‘ilgan mustaqillik mevalarisiz. Sizlar uchun juda katta imkoniyatlar yaratilgan va yaratilmoqda. Siz bu imkoniyatdan foydalanib tinmay bilim olishingiz va bu bilimingizni vatanimiz ravnaqi yo‘lida sarflashingiz lozim. Shu muqaddas zamin sizu bizning vatanimizdir. |
8B-sinf o‘quvchisi Elyor Yarmuhamedov “O‘zbek qizlari” qo‘shigini ijro etadi.
Hamma birgalikda “Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston!” yakunlovchi qo‘shig‘ini kuylaydi.
[последняя редакция – 7 апреля 2010 года]
Комментариев нет
Подписаться на RSS комментарий
Trackback ссылка