“Bu yorug` olamda Vatan bittadir” tarbiyaviy soat

ГлавнаяМетодическая копилкаКлассные часы ◊ “Bu yorug` olamda Vatan bittadir”

Скачать “Bu yorug` olamda Vatan bittadir” Tarbiyaviy soat

(PDF, 61 КБ)

Tayyorladi: Xo‘jayeva Muharram Idrisovna, boshlangich sinf o‘qituvchisi
Sinf: 1V
Mavzu: “Bu yorug` olamda Vatan bittadir”
Dars turi: Tarbiyaviy soat

TADBIRNING BORISHI

O‘zbekiston Davlat madhiyasi ijrosi.

1-boshlovchi: Assalomu-alaykum, davramiz qatnashchilari,aziz ustozlar! Bugun biz,siz bilan dunyodagi eng ulug` tuyg`u haqida suhbat quramiz.
2-boshlovchi:

Qancha diyorlarda sayr etib yurdim,
Qancha manzillarda tuzdim oshiyon.
Va buyuk hikmatga axir yuz burdim,
Siylangan joyida azizdir inson.
Yurtim senda ekan nasibam tugal
Sen o`zing maskanim, sen o`zing jonim
Sen onam, sen singlim, yorimsan azal.
Ey jonim, jahonim O`zbekistonim.

O`quvchi: Dunyoda shunday bir buyuk so`z borki, u inson yuragidagi ilohiy nur kabi doim yelpinib turadi, nur tarab tanga quvvat, ruhga rohat, odam hayotiga bir umr farog`at bag`ishlaydi. Bu aziz Vatan so`zidir.
O`quvchi: Olloh g`oyat sodda, samimiy, lekin g`ayrat shijoatli zo`r turk elining iroda, sabr-qanoatini ko`rib o`ziga ajratib qo`ygan, bag`ri keng jamolidek go`zal, munavvar jannat yerini – Turonni nomi tarixlarga o`zbek deb yozilgusi xalqqa in`om etgan ekan. Ona Vatan, latofatli har bir yurakda ilohiy nemat bo`lib yashaydi, biz o`zbeklar ona Vatanimiz bilan faxrlanamiz. Unga cheksiz muhabbatim hayotim haqiqati.

Sevinch guruhi ijrosida “Toshkentimsan” qo`shig`i.

O`quvchi: Ey, ona Vatan osmonida charaqlagan O`zbekiston quyoshi. Yer yuzini aylanganda o`zbeklarning go`zal, so`lim diyori borligini ayt! Jannatmakon Yer qayerda?-deb so`rasalar O`zbekiston ozod, obod diyor oftob yurtim deb ayt.Ey quyosh, O`zbekiston mehmondo`stlikda saxovatli,dushmanga qattiq adovatli, xaqiqatga eng adolatli Vatan deb ayt!
O`quvchi:

Bir kuni yo maysa, giyoh bo`lamiz,
Shunda hayotdan ogoh bo`lamiz.
Shoir qalamiga siyoh bo`lamiz
Sendan also, ayro tushmaymiz Vatan!
Yulduzlar kulgusin ichinda hilol,
Sochlarin daryoda yuvsa majnuntol.
Bir boychechak bo`lib surganda hayol,
Sendan bir dam ayro tushmaymiz, Vatan.
Mayli tikanlarin qanotin zolim,
Mayli izg`inlar qilsinlar zulm.
Sen, rozi bo`lsang bas, onajon elim,
Sendan bir ayro tushmaymiz, Vatan!

1-boshlovchi: Ey, jonim Vatan! Sen onam va otam o`sib ulg`aygan, meni dunyoga keltirgan diyorsan. Saxiysan, o`ktamsan, barcha tirik va jonuborlikka fidoyi yorsan!
2-boshlovchi: Ey, jonim Vatan! Sen onadek mo`tabar, otadek buzrukvor, xalqdek dono, nondek aziz, hayotdek laziz O`zbekistonimsan!
1-boshlovchi: Ey, jonim Vatan! Sen shunday fazilatli diyorsanki, xalqing chin mehnatkash, tuprog`ing tirik jondek zahmatkash, tabiating dilkash bag`ringda quruq cho`pdan nihol, g`o`radan bol yetishtirasan.
2-boshlovchi:

Vatan ona, Vatan chamandir,
Vatan quyosh, Vatan osmondir.
Vatan she`rdir, Vatan xayoldir,
Vatan tuproq, Vatan iymondir.

1-boshlovchi:

Shirin xo`rsinishga kerakdir Vatan,
So`g`inchdan titrashga kerakdir Vatan.
Bag`riga qaytishga kerakdir Vatan,
Onam deb aytishga kerkdir Vatan.

“Vatan” qo`shig`I ijro etiladi.

1-boshlovchi: 1991 yil 1-sentabr kuni olamshumul ahamiyatga ega bo`lgan voqea yuz berdi. O`zbekiston Respublikasi Mustaqil deb e`lon qilindi. O`zbekiston tenglikni, hurlikni qo`lga kiritdi. Ona diyorimizni jahon tanidi. O`zbekiston bayrog`i B.M.T. qarorgohida hilpiray boshladi.Mustaqillik degani shuki, bizlar asrlar osha birovlarning og`ziga qarab yashagan xalq, nihoyat, o`z taqdirimizni hayotimizni, kelajagimizni o`z qo`limizga oldik. Eng muqaddas vazifa shu buyuk ne`matni qo`ldan bermaslikdir.
2-boshlovchi: Hurmatli Presidentimiz: “Bizdan ozod va obod Vatan qolishi”, “Shu aziz Vatan barchamizniki. Uning baxt saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish kerak bo`lsa, joningni fido qilish, shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir”,-deb aytganlar.
1-boshlovchi: Lekin, bu hurlik, tenglikni ko`rolmaydiganlar ham bor ekan.Mash`um 16-fevral 1999 yil voqeasini eslang. Bugun atrofimizdagi qo`shni davlatlarning ayrimlarida bo`layotgan voqealar bizni hushyorlikka chaqiradi.O`z uying, o`z shahring mahallang osoyishtaligini Ta`minlashga, sergaklikka, yanada jipsroq bo`lib Vatanni himoya qilishga undaydi.

Sahna ko`rinishi: “Ostona” filmdan parcha. Ilhom Farmonov ijrosidagi “Askar maktublari” qo`shig`i .

O`quvchi: Vatan senga otilgan o`q mening ko`ksim teshib o`tgay,Sening jismingdagi og`riq mening jismimni og`ritgay. Agar yosh oqsa chashmingdan, oqur ikki ko`zimdan qon, Boqib ko`rki, jamolingga yashirmas zavqini olam, Qay ul shaytonki, vas-vasda go`zal bag`ringga o`t otgay? Sening zahming bitar, ammo mening zahmim qachon bitgay, Senga qasd aylagan jallod, mening xalqimga qasd etmish. Butun xalqqa g`anim kori la`natdan ham o`tib ketgay, La`natdan o`zing asra, Xudoyim yurtu xalqimni. O`zing baxsh aylagin hurlik,unga mangu nasib aylagay, Dilimog`riqlari chak-chak, To`lmish daru-dostonga. Degayman qalbi ko`rlarni Vatan, nonu tuzing tutgay!
1-boshlovchi: Yurtga boshlovchi bo`lish hammaga ham nasib etavermaydi.Bu ham Ollohning inoyati.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ham Vatan istiqboli, millat ravnaqi yurt osoyishtaligi uchun o`z hayoti, aziz boshini, taqdirini tikkan mardu- maydondir.Mening yelkamda bugun yurt yuki, xalq orzu- armoni, o`tmish oldida javobgarlik, kelajak oldida qarzdorlikog`ir, zarvorli burchi va vazifasi turibdi, deydi Prezidentimiz.

Qizlar ijrosidagi raqs.

O`quvchi: Xotam dunyo hikmatlari bor,Yuz yilda bir tug`ilsa sardor, Beshikda uxlar tirik go`dak jon, Millat uchun bo`lsa kim qalqon, Yomon ko`zdan saqlasin zinhor, Kimki karvon boshidagi nor, Dunyoga boq xayol etmagay, Osmoni tinch, osuda Vatan, Joningni tut joni fifiga, O`zbekiston qo`l och duoga,
O`quvchi: Hikmati bor har bir tuhfasin.Parvardigor o`zi asrasin Kulgusiga sadaqa bu jon. Parvardigor o`zi asrasin. Kamolingni ko`rolmaslar bor. Parvardigor o`zi asrasin. Burchagi yo`q olov ketmagay. Parvardigor o`zi asrasin. Aytgani bor ekan Xudoga Parvardigor o`zi asrasin!
Boshlovchi: O`zbekiston uchun,bugungi va kelajak avlod uchun eng katta boylik elning tinchligi va osoyishtaligidir.Biz shu buyuk davlatning farzandlari, turli xil oqim-u, guruhlarga aldanmay,o`z aqlimiz, ongimiz, bilimimiz yuragimizdagi Vatan ishqi bilan el-yurt xizmatiga shay turishimiz darkor. Tinchlik va hamjihatlik qadriga yetib, yakdil va hamnafas bo`laylik!
O`quvchi: Go`zal Ozbekiston, sensan Vatanim,Seni ololmaydi, hech qanday g`anim. Bepoyon bag`ringda ulg`aydi tanim, Ozodlik bayrog`in asrashim tayin.
O`quvchi: Mustaqil yurtimsan, buyuk yurtimsan,Chamanlar,bog`larga to`liq yurtimsan. Muhabbati, mehri bo`liq yurtimsan, Seni ololmaydi hech qanday g`anim.
O`quvchi: Yurtboshing, Elboshing senga parvona,Latofatda tanho, o`zing jahona. Elim deb, yurtim deb yonib yashayman, Tuprog`ing yuzimga surib yashayman. Ardoqlayman noning suyub yashayman.
O`quvchi:

Kelajagim o`zing, iymonim o`zing,
Insoniy g`ururim,vijdonim o`zing.
Qalbimda joy olgan islomom o`zing,
Seni ololmaydi hech qanday g`anim.

Raqs.

Boshlovchi: Dunyoda ajib bir hikmat mavjuddir,Agar bo`lmay desang baxtingdan judo Agar yashay desang rozi bir umr, Vataning tinch bo`lsin, Vatan avvalo.
Boshlovchi: Dunyoda bir ajoyib hikmat mavjuddir,Agar bo`lmay desang Vatandan jodu Munosib bo`la bil, unga bir umr. Vatanga qila bil joningni fido.

Qodirov “Soldatlik salomi” qo`shig`i. “Ajdodlar ruhi madadkor” qo`shig`i.

Boshlovchi: Onadan pokiza tug`ilgan inson borki. Niyati xolis, dili pok iymoni doim salomat bo`lsin.
Boshlovchi: Hech bir inson Vatandan ayrilmasin.
Boshlovchi: Qon to`kib el tinchligini buzadigan bosqinchilarni yuzi qora bo`lsin, Olloh o`z jazosini bersin.
Boshlovchi: Vatan inson beshigi ming yillar davomida bu ona zamin qanchalar komilu, fozilu donishlarni dunyoga yetkazgan. Bu yurtda Al-Buxoriy, Al-Farg`oniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Mirzo Ulug`bek singari daholar o`tgan.
O`quvchi: Bu yurtda Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Cho`lpon kabi yurt fidoyilari o`tgan. Ular yurtim, tilim, elim deb yonib yashaganlar.
O`quvchi: Yurtim ko`nglingdek yorug` osmonlaring bor,Aytsam ado bo`lmas armonlaring bor. Otmishingni o`ylab og`riydi jonim Ko`ksing to`la shahid o`g`lonlaring bor. Yurtim ko`nglingdekkeng osmonlaring bor, Yulduzni yig`latgan dostonlaring bor. Osmonlaringdan ham diydoringga zor Jayrondek termulgan Cho`lponlaring bor.
Boshlovchi: Kimning yo`lib o`lsa Vatandan ayroBoshiga yog`ilgay biling har balo Bunday kunni qora qismati Egam bandasiga ko`rmasin ravo!
Boshlovchi: Agar osmon bo`lsang Vatan uchun bo`l!Agar qurbon bo`lsang Vatan uchun bo`l!

Ozoda Nursaidova ijrosidagi “Asrasin” qo`shig`i.

1 комментарий

Подписаться на RSS комментарий

sayt menga juda yoqdi


Школа №142

Ташкент

Интеллектуальная поисковая система Nigma.ru

Расписание звонков

Время
1 0830-0915
2 0920-1005
3 1010-1055
4 1110-1155
5 1200-1245
6 1250-1335
7 1340-1425
May 2018
M T W T F S S
« Oct    
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031  
Счётчик тиц pr