Til bilmoqlik – dunyoni anglamoqlik

English is fun

Toshkent shahar pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti ingliz tili kafedrasi va Toshkent shahar Xalq Ta’limi Bosh Boshqarmasi xodmlari hamkorligida maktabda ingliz tili fani bo‘yicha “Til bilmoqlik – dunyoni anglamoqlik” shiori ostida shahar miqiyosidagi seminar bo‘lib o‘tdi. Bu seminarda barcha inglz tili o‘qituvchilarimiz o‘zlarining ochiq darslari, treninglari va to‘garak ishlarini namoyish etishdi.

Darslarni yangi pedagogik texnologiyalari, o‘yin tarzidagi yondashuv, rangbarang ko‘rgazmali qurollar bilan Samadova Taxmina Saidovna – “Best strategies of English for kids”  (1 «А»), Narzyeva Dilrabo Rustamovna –  “Let’s play”  (1 «G»), Murodova Rohat Raufovna – “ABC” (2 «G») namoyish etishdi.

Narziyeva Dilraboning ochiq darsdan lavha Samadova Taxminaning ochiq darsi Murodova Rohatning ochiq darsi

Darslarda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib, turli topshiriqlarni kompyuter orqali bajarshni va interaktiv doskadan foydalanishni Gasanova Madina Suleymanovna – “I like playing” (5 «A»), Madaminova Gavhar Begmatovna – “Animals” (5 «V»), Bannova Larisa Fyodorona –  “Who s who in the theatre?” (8 «A») ko‘rsatib berishdi.

Madaminova Gavharning ochiq darsi Bannova Larisa Fyodorovnaning ochiq darsi Gasanova Madina Suleymanovnaning ochiq darsi

Ochiq darslardan so‘ng, barcha ishtirokchilar to‘garak ishlari bilan tanishib, ingliz tilidagi ertakni tomosha qilishdi. So‘ngra, Samadova Taxmina Saidovna va  9 “А” sinf o‘quvchisi Allanazarov Sardor tomonidan tayyorlangan trening  mashg‘ulotida qatnashishdi.

Seminar yakunida barcha darslar tahlil qilindi, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Samadova Taxmina o`tkazgan trening dars muhokamasi L. F. Bannovaning darsi muhokamasi

Bizning o‘qituvchilarimiz to‘garak islari orqali bolalarga oqilona ijodiy yondashuvlarini yana bir bora namoyish etishdi. O‘quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan raqs va sahna ko‘rinishlari barchaga manzur bo‘ldi.

qo`g`irchoq raqsi qo`g`irchoqlar maktabda nimalarni o`rganamiz
kichkina mushukchalar Teremok ertagi

Toshkent shahar pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirisninstituti rektori Kenjayev Dilshod Abdumutalibovichga, Toshkent shahar pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirisninstituti chet tillar kafedrasi mudri Inogamova Klara Abdufattaxovnaga,Toshkent shahar Xalq Ta’limi Bosh Boshqarmasi umumiy o‘rta ta’lim va darsliklar bo‘limi boshlig‘i Murodov Erkin Ergashevichga, Mirzo Ulug‘bek TXTMFMTTEB ingliz tli fani metodisti Qodirboyeva Maryam Qodirovnaga seminarga tashrif buyurganliklari, kasbiy faoliyatimizdagi beminnat ko‘magi va doimiy qo‘llab quvvatlaganliklari uchun o‘z minnatdorchiligmizni bildiramiz.

darslar muhokamasi Seminar yakuni

Bugungi kunda yosh avlodning rivojlanishida chet tillarini bilishi muhim mezonlardan biri hisoblanadi, shunday ekan, maktabimiz o‘qituvchilari  oldida muhim vazifalar turibdi. Seminar ishtirokchilarning fikricha, maktabimz pedagoglari bu mas’uliyatli vazifaning a’lo darajada bajarishmoqda.

Комментариев нет

Подписаться на RSS комментарий


Школа №142

Ташкент

Интеллектуальная поисковая система Nigma.ru

Расписание звонков

Время
1 0830-0915
2 0920-1005
3 1010-1055
4 1110-1155
5 1200-1245
6 1250-1335
7 1340-1425
March 2024
M T W T F S S
« Oct    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Счётчик тиц pr